Ру O`z En

ISCHI-XODIMLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINI VA IJTIMOIY-SIYOSIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR O‘TKAZILDI

Bugun, korxona majlislar zalida ishchi-xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy-siyosiy madaniyatini rivojlantirish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan muhim ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvoxidov, Respublika ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, mehnat faxriysi Shavkat Tuychiyev, Farg‘ona viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bosh mutaxassisi Dilshodjon Saydaliyev, shuningdek jamiyatning tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqeliklar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda 2026-yil 13-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashining mamlakat harbiy xavfsizligi va mudofaa salohiyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi yuzasidan atroflicha axborot berildi.

Uchrashuv jarayonida Murojaatnomada belgilangan strategik ustuvor yo‘nalishlar, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan vazifalarning mazmun-mohiyati ishchi-xodimlarga batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, korxona Komplaens xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov o‘z chiqishida ishchi-xodimlar o‘rtasida siyosiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini anglash, va shu bilan birga korporativ boshqaruv va ochiqlik tamoyillariga sodiqlikni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech