ELEKTR TA’MINOTI SEXIDA “NOSTANDART VAZIYATLAR” MAVZUSIDA AMALIY O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 3-iyul kuni, korxona sanoat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan navbatdagi tadbir — Elektr ta’minoti sexida “Nostandart vaziyatlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur tadbir Sanoat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan, ishlab chiqarishdagi favqulodda holatlarning oldini olish va xodimlar bilimini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotida sex muhandis-texnik xodimlari, bo‘lim vakillari ishtirok etib, komissiya tarkibida xodimlar bilimini baholadi. Ishtirokchilarga yozma “Anketa varaqalari” topshirilib, nostandart vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligi yuzasidan savollar berildi.
Taqdim etilgan javoblar tahlil qilinib, nostandart vaziyatlarning yuzaga kelish sabablari, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, xodimlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri harakatlari muhokama qilindi. Shuningdek, kelajakda bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Bunday tadbirlar ishlab chiqarishda ishonchlilik, xodimlar hayoti va salomatligini himoya qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish bo‘yicha korxona salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati