Ру O`z En

KENG KO‘LAMLI MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

Tadbir rejaga muvofiq 5 ta o‘quv nuqtasida o‘tkazilib, jarayon korxona rahbarining birinchi o‘rinbosari Umidillo Millabayev, Farg‘ona viloyati hokimligi guruh rahbari Kamolov Yusufjon, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Kochkarov Azizbek, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofazani tashkil etish bo‘limi boshlig‘i mayor Shodmonov Elyorjon hamda tegishli tuzilmalar vakillari tomonidan kuzatildi.

1-o‘quv nuqtasi – ishtirokchilarga mashqning maqsad va vazifalari, shu bilan birga korxonada favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

2-o‘quv nuqtasi – fuqaro muhofazasi tuzilmalari va xizmatlarning shaxsiy tarkibi saf ko‘rigidan o‘tkazildi. Ushbu bosqichda xodimlarning safarbarlik darajasi, himoya vositalari bilan ta’minlanganligi, asbob-uskunalarning sozligi ko‘rib chiqildi.

3-o‘quv nuqtasi – kuchli zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen avariyalar ssenariysi asosida Markaziy dispetcherlik xizmati navbatchisining fuqaro muhofazasi tuzilmalariga, rahbariyatga hamda hamkorlikdagi xizmatlarga xabar berish borasida harakatlari ko‘rib chiqildi. Favqulodda vaziyatlarda xabar berish tizimi, ogohlantirish mexanizmlari sinovdan o‘tkazilib, sirena orqali “Yig‘in” signali berildi.

4-o‘quv nuqtasi – muhim bosqich bo‘lib, kuchli zilzila natijasida jamiyat hududida joylashgan ammiak saqlash omborida yuzaga kelgan shartli avariya ssenariysi asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu jarayonda zararli moddaning tarqalishini bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, hududni zararsizlantirish va avariya-tiklash ishlarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari amaliy sinovdan o‘tkazildi.

5-o‘quv nuqtasi tadbir yakuni bo‘lib, unda bir guruh tezkor xizmatlarning vakillari fidokorona xizmatlari uchun korxona rahbariyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech