Ру O`z En

“NOSTANDART VAZIYATLAR” MAVZUSIDA O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

Bugun, jamiyat raisi tomonidan tasdiqlangan “Korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida nostandart vaziyatlarning kelib chiqishini oldini olish”ga qaratilgan 405-sonli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida, Sanoat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Ammiak-3 sexida ushbu mavzudagi o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari yozma “Anketa varaqalari” orqali amalga oshirilib, ishtirokchilarga muayyan vaziyat bo‘yicha savollar beriladi va individual javob tayyorlash uchun vaqt ajratiladi.

So‘ngra javoblar tahlil qilinib, nostandart vaziyat yuzaga kelish sabablari, xodimlarning uni mahalliylashtirish va bartaraf etishdagi harakatlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi baholanadi, shuningdek kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Tadbirning tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini ta’minlash hamda korxona ishchi-xodimlarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlab borish.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech