“STRESS HOLATLARIDAN CHIQISHNING SAMARALI USULLARI” MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING TAFSILOTLARI
Joriy yilning 18-sentabr kuni Qutqaruv otryadining Ma’naviyat xonasida korxona psixologi Nargizaxon Ergasheva tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurmurod Sirojev hamkorligida korxonamiz Qutqaruv otryadi va Sanitar laboratoriya xodimlari uchun navbatdagi psixologik seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir “Stress holatlardan chiqishning samarali usullari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda turli interfaol mashqlar orqali stressni yengish, jamoaviy ruhni mustahkamlash va o‘zaro ishonchni oshirish ko‘nikmalariga bag‘ishlandi.
Xususan seminar davomida xodimlar bilan: “Motivatsion domino”, “Orzu devori”, “Birgalikda kuch to‘plash”, “Ishonch ko‘prigi”, “Motivatsion sherik”, “Qiziqarli shior topamiz”, “Orzular estafetasi”, “Kulgu terapiyasi”, “Tezkor savol – tezkor javob”, “Birgalikda g‘alaba hayqirig‘i” kabi interfaol o‘yin va mashqlar o‘tkazildi. Har bir mashqdan so‘ng ishtirokchilar o‘z taassurotlarini baham ko‘rib, mazkur tajribalarni ish faoliyatida qo‘llash bo‘yicha xulosalar chiqarishdi.
Seminar-trening xodimlarimiz uchun nafaqat foydali bilimlar, balki jamoaviy ruhni yanada mustahkamlovchi muhim tajribaga aylandi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati