PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING
Har bir inson psixologiyasi o‘zgacha, jumboqli va individualdir. Shuning uchun shaxslar o‘zaro munosabatlarda, turli vaziyatlardagi holatlarda inson psixologiyasining barcha qirralari namoyon bo‘ladi. Ayniqsa ishdagi charchoqli, stress holatlar har bir xodimga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Korxonaning majlislar zalida bo‘lib o‘tgan psixologik seminar-treningda aynan shu mavzular qamrab olindi.
“Ish faoliyatidagi stress holatlar, o‘zaro munosabat, ishga bo‘lgan mas’uliyat va ish samaradorligini oshirish psixologiyasi” to‘g‘risida bo‘lib o‘tgan seminarda korxona psixologi Nazira Ergasheva ishchi-xodimlariga mavzular bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berib o‘tdi. Mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan testlar, muhokamalar, solishtiruvlar xodimlar e’tiborini tortdi.
Seminar-trening ishchilar uchun ibratli va qiziqarli bo‘lib o‘tdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati