“QADRIYATLARING BOQIY BO‘LSIN, NAVRO‘Z!”
Diyorimiz, tabiatimiz mehr-muhabbat, saxovat va muruvvatga to‘lgan bir pallada, xalqimiz ezgu niyatlar bilan Navro‘z bayramini nishonlamoqda. Shu o‘rinda, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati ham.
Umumxalq bayrami Navro‘zni turli millat va elatlar nishonlab keladilar. Zero, bu bayram o‘zida totuvlik, oqibat, ahillik va birdamlik kabi ulug‘ tuyg‘ularni o‘zida mujassam etgan. Ko‘pmillatli korxona ahli bugun, 20-mart kuni mazkur tantanani jamiyatning majlislar zalida keng nishonladilar.
Bayramni korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov o‘zining tabrigi bilan ochib berdi:
- Mana yurtimizga bahor fasli bilan birgalikda, Navro‘zi olam kirib keldi. Bu yangilanish bayramida barchangizga salomatlik, oilaviy totuvlik, uzoq umr guzaronlik tilayman. Halol mehnatlaringizga esa ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, yurtboshimiz omon bo‘lsin. Yangilanayotgan O‘zbekistonimiz gullab-yashnayversin!- dedi Dilshod Erkinovich o‘z nutqida.
Korxona ishchi-xodimlari uchun Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatri o‘zining konsert dasturini taqdim etdi. Konsertda xodimlar taetr honandalari Foziljon Nazarov, Murodjon Ibragimov, Shoiraxon Nazarova hamda Maxfuzaxon Musayevalarning sho‘h va go‘zal qo‘shiqlaridan bahramand bo‘ldilar. Jozibador raqqosalarning raqslari esa barchaga birdek manzur bo‘ldi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati