“QISH MAVSUMINI BETALAFOT O‘TKAZISH” TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Jamiyatning SANOAT XAVFSIZLIGI BOSHQARMASI, QUTQARUV OTRYADI va FVB OYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar, turli xil kimyoviy moddalardan zaharlanishlar kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida korxonaning Bug‘ qozon va Karbamid sexlari ishchi-xodimlariga keng ko‘lamli profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Sanoat xavfsizligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Fazliddin Sotiboldiyev, OYXTTEB xodimlari Ulug‘bek To‘lanboyev, Nomonjon Tursunovlar xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelish mumkun bo‘lgan noxush hodisalar, o‘tgan davr mobaynida Farg‘ona viloyatida yong‘inlar bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tishdi. Shuningdek, Qutqaruv otryadi bo‘linma komandiri Dilshod Abduraxmonov seminar qatnashchilariga korxonada kimyoviy moddalar bilan ishlashda gaz niqoblaridan foydalanish tartibi va ularning turlari haqida tushuncha berib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida ishchi-xodimlarga sanoat xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi hamda QO 1, QO 2, QO 3 yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan qoidalariga qat’iy rioya etish bo‘yicha yana bir bor eslatmalar berib o‘tildi.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati