QO‘MONDONLIK-SHTAB O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI
Joriy yilning, 16-18 iyul kunlari “O’zbekistoni Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning olidini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari hududiy quyi tizimlari boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarning aholi va hududlarini tabiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari” mazmundagi tadbirlar doirasida, korxona favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi boshqarmasi, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar hamda viloyat tibbiyot xizmatlari hamkorligida “Zilzila oqibatida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar atmosferaga sizib chiqishi bilan bog‘liq texnogen avariya oqibatlarini bartaraf etish” mavzusidagi tuzilmalar ishlarni bajarishdagi harakatlari bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi davomida favqulodda vaziyatlar paytida avariya holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi-xodimlarning to‘g‘ri harakatlanishi hamda amaliy ko‘nikmalari takomillashtirildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati