Ру O`z En

QOMUSIMIZNING 30 YILLIGI KATTA BAYRAM QILIB NISHONLANDI

O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi hududiy bo‘linmasida, “Farg‘onaazot” AJ ishchi-xodimlari uchun 8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi davlatimizning barcha idora va muassasalarida, tashkilotlarida keng nishonlanmoqda. Shu jumladan, “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida ham ushbu sana tantanali ravishda o‘tkazildi.

Kechada “Farg‘onaazot” AJ boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov so‘zga chiqib,
korxona xodimlarini bayram bilan tabriklar ekan, barcha yurtdoshlarimizga salomatlik, yurtimizga esa barqarorlik tiladi.

Tadbirda so‘z olgan Farg‘ona shahar Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Elmurod Olimov Konstitutsiyaning hayotimizdagi ahamiyati, fuqarolarning huquqiy ongi mustahkamligi farovon hayot garovi ekanligi, Yangi O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar naqadar zarurligi haqida gapirib berdi.

So‘ng filarmoniya ijodiy jamoasining  xushovoz xonandalari, raqs ansambllarining qo‘shiq va navolari, raqslari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.  Istedodli yoshlardan tashkil topgan QVZ “A’lo kayfiyat” jamoasining hazil-mutoyibali chiqishlari kulgu shinavandalariga manzur bo‘ldi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbiri barcha ishchi-xodimlarda katta ta’sirot qoldirdi. 

 

“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech