Ру O`z En

QURBON HAYITI MUNOSABATI BILAN EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

  Qurbon hayiti arafasining ilk kunlarida “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 50 dan ziyod ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.

   Mehr va sahovat ko‘rsatib yashash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Ayniqsa bayram arafalarida kam ta’minlangan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj va yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularni ko‘nglini ko‘tarish hamda ularga har tomonlama yordamlar ko‘rsatish ishlari xalqimiz orasida avj oladi.

  “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyatida ham turli bayram va muborak kunlar arafasida ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olish doimiy ezgu an’ana tusiga kirgan. Yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti arafasida Farg‘ona shahar hokimligi tashabbusi bilan navbatdagi xayrli tadbirga qo‘l urildi.

  Kuni kecha boshlangan fazilatli tadbir davomida 50 ta ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar holidan xabar olinmoqda.

   “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi ko‘rsatmasiga binoan, Korxona yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengash raisi hamda Ijtimoiy ahamiyatga ega obektlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ana shu toifadagi oilalar yo‘qlandi. Tashrif davomida “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati yoshlar ittifoqi Kengashi raisi oila vakillari bilan dildan suhbat qurib, ularni muqaddas ayyom bilan qutladi. Xonadon a’zolarining dardu-tashvishlarini tingladi.     

   Muqaddas bayram arafasida xuddi shunday ezgu amal va xayrli yo‘qlovlar “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xam 57 nafar oilasida nogironligi bo‘lgan va nafaqadagi ishchi-xodimlar xolidan xabar olindi.

  Barcha xonadon egalari korxona rahbariyati hamda tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliglarini bildirdilar.

 

   “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech