JAMIYATDA 5 IYUN — BUTUNJAHON ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KUNI MUNOSABATI BILAN “PLOGGING” TADBIRI O‘TKAZILDI
Xabaringiz bor, bugun – 5-iyun Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni. Ushbu munosabat bilan MM, XT, AMM va XICHO SX boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Kengashi hamkorlikda “Biz tabiatga g‘amxormiz” shiori ostida ekologik muammolarni oldini olishga xizmat qiladigan “Plogging” tadbiri tashkil etishdi.
Tadbir doirasida jamiyatimiz xodimlari tomonidan, korxonaning tutash hududlari turli xil chiqindilardan tozalandi. Ta’kidlash lozimki, bu kabi tadbirlar hududlarini ozodaligini ta’minlashga, jamoatchilikda bu borada daxldorlik hissini uyg‘otishga xizmat qiladi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati