JAMOADA STRESSNI BOSHQARISH VA SAMARALI MULOQOT KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILDI
Korxonaning Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari uchun psixologiya fanlari doktori Nargizaxon Ergasheva tomonidan “Jamoada stress holatlarining oldini olish hamda muloqotda ta’sir etish usullari” mavzusida navbatdagi psixologik seminar-trening tashkil etildi. Mazkur trening xodimlarning psixoemotsional barqarorligini mustahkamlash, kasbiy faoliyat jarayonida uchraydigan zo‘riqishlarni samarali boshqarish hamda jamoaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga stress-menejment, konfliktologiya, emotsional intellekt, verbal va noverbal kommunikatsiya, aktiv tinglash hamda konstruktiv fikr almashish mexanizmlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Interaktiv metodlar, situatsion tahlillar va psixologik mashqlar orqali xodimlarning muloqot kompetensiyalari va ijtimoiy-psixologik moslashuv ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Tadbirda yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurmurod Sirojov ham ishtirok etib, trening jarayonida xodimlarning faolligi va ochiq muloqot muhiti shakllanishiga hissa qo‘shdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati