“INDORAMA GROUP” RAHBARIYATI KORXONAGA TASHRIF BUYURDI
Joriy yilning 10-noyabr kuni, Singapurning “Indorama Group” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi o‘rinbosari Mr. Amit Lohiya, boshchiligidagi delegatsiya korxonamizda bo‘ldi.
Delegatsiyaga Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xabib Sirojitdinov hamrohlik qildi.
Uchrashuv avvalida jamiyatimiz raisi Dilshod Mannonov so‘z olib, tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy va do‘stona qutladi.
Shuningdek, tadbir davomida korxonamizda kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish borasidagi va kelgusidagi rejalar haqida fikr-mulohazalari bildirildi.
So‘ngra, delegatsiya a’zolari korxonaning ishlab chiqarish sexlarini ko‘zdan kechirdi hamda ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati