Ру O`z En

“NAVRO‘Z” UMUMXALQ BAYRAMI MUNOSABATI BILAN “OLAM NURGA TO‘LSIN SEN BILAN, NAVRO‘Z” ShIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

Bugun mamlakatimizning har yerida tantana va sayllar tashkil etilib, xalqimiz bilan Navro‘zi olam nishonlanmoqda. Yuzlarda tabassum, qalblarda shodiyona. “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida esa katta bayram.

 Navro‘z umumxalq bayrami jamiyatning majlislar zalida milliy va zamonaviy raqslar, bahorni madh etgan she’rlar, sahna ko‘rinishlari-yu, xalq og‘zaki ijodidan parchalar bilan boshlab yuborildi.

Dastlab korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov barcha kimyogarlarni bayram bilan tabrikladi:

  • Mana bugun butun xalqimiz bilan yangilanish va yasharish ayyomini nishonlamoqdamiz. Shu munosabat bilan barchaga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, totuvlik, yurtimizga tinchlik va osoyishtalik tilayman. Vatanimiz hamda korxonamiz gullab-yashnayversin!-dedi u o‘zining nutqida.

      Bayramga tashrif buyurganlar faol xodimlar ishtirokidagi bir-biridan go‘zal chiqishlaridan bahramand bo‘ldilar. Bayram kechasi hammaga birdek manzur bo‘ldi.       

 

        

          “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech