SALOMATLIK UCHUN 5 000 QADAM
Sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish shuningdek, “Sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug‘llanishga jalb qilish” chora-tadbir dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Salomatlik uchun 5 000 qadam” sport tadbiri oʻtkazildi.
Yurish marafonidan soʻng, salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan badantarbiya mashgʻulotlari olib borildi. Marafonda jamiyatning barcha tizim bo‘linmalari boshliqlari, xodimlari ishtirok etdilar. Shu o‘rinda, mazkur marafon tez-tez o‘tkazib turilishi kelishib olindi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati