SAMARQAND SHAHRIGA UYUSHTIRILGAN TURISTIK SAYOHAT TAFSILOTLARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish Dasturini ijrosini ta’minlash, “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish rejasiga muvofiq, joriy yilning may oyida korxonaning 48 nafar faol ishchi-xodimlari Samarqand shahriga Turistik sayohatga yuborildi.
3 kun davom etgan sayohat davomida sayyohlar Samarqand bo‘ylab Ulug‘bek observatoriyasi, Doniyor payg‘ambar maqbarasi, Go‘ri Amir, Registon maydoni, Bibixonim Masjidi, Siyob bozori, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasi, Shohi zinda majmuasi, Xazrat Dovud maqbarasi hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) sammiti bo‘lib o‘tgan Samarqand City hududilarini ko‘zdan kechirdilar.
Sayohat davomida xodimlar maroqli hordiq chiqardilar va korxona ma’muriyati, kasaba uyushma qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati