“SAN’ATIM-SAODATIM” IJODIY TANLOVINING G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Buyuk ajdodlarimizga va ular qoldirgan bebaho ma’naviy merosga hurmat hamda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirish uchun, o‘zbek xalqining mumtoz va zamonaviy shoir va shoiralarining ijodiy namunalari she’rlari, g‘azallari, qo‘shiqlar va qo‘shiqlarga tayyorlangan raqslari bo‘yicha “San’atim-saodatim” ijodiy tanlovining ikkinchi, korxona bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda ishtirokchilar 3 yo‘nalish she’riyat, raqs va qo‘shiq yo‘nalishlari bo‘yicha baholab borildi. Tanlov natijalariga qo‘ra she’riyat yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni Aloqa sexidan Muhammadshukur Xamidjonov, 2- o‘rinni Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexidan Odinaxon Mahmudova va 3- o‘rinni Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limidan Ravshanoy Ismatillayevalar egalladilar.
Qo‘shiq yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni Qutqaruv otryadidan Mirzohid Axmedov, 2- o‘rinni Ammiak-3 sexidan Axadjon Madaliyev hamda 3- o‘rinni Davolash sog‘lomlashtirish diagnostika sexidan Sohiba Ibragimovalar qo‘lga kiritdilar.
Raqs yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexidan Dilshoda Mamadaliyeva, 2- o‘ringa Davolash sog‘lomlashtirish diagnostika sexidan Shahlo Mamatova, 3- o‘ringa sirka angidridi va sirka kislotasini qayta tiklash sexidan E’zozxon Shodimatovalar sazovor bo‘ldilar.
Shuningdek, “Eng faol jamoa” nominatsiyasi Qutqaruv otryadi va Sanitar laboratoriyasiga, “Eng faol tarkibiy bo‘linma” nominatsiyasi esa Sirka angidridi va sirka kislotasini qayta tiklash sexiga nasib etdi.
Barcha g‘oliblarni korxona rahbariyati tomonidan tabriklaymiz va qolgan ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib o‘tamiz.
“Farg‘onaazot”AJ matbuot xizmati