Ру O`z En

“SAN’ATIM SAODATIM” KO‘RIK TANLOVINING BIRINCHI BOSQICHI BOSHLAB YUBORILDI

Korxona xotin-qizlari o‘rtasida buyuk ajdodlarimizga va ular qoldirgan bebaho ma’naviy merosga hurmatni hamda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida “8- mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan o‘zbek xalqining mumtoz shoiralari Nodirabegim, Uvaysiy, Zebuniso va Zulfiyaxonimlarning ijodiy namunalari, g‘azallari, she’rlari bo‘yicha mushoira tanlovining birinchi, ya’ni, sex bosqichiga start berildi.

    “San’atim saodatim” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbir nizomiga asosan, ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilab berilgan. Birinchi bosqichida ishtirok etish istagidagi ishtirokchilar o‘z sexlari ma’naviyat va ma’rifat xonalarida zamonaviy va qadimiy, buyuk shoir va shoiralarimiz she’r va g‘azallarini, kuyga solingan she’rlarini ifodali o‘qib eshittirishlari, milliy madaniyatimizni ask etgan raqslar ko‘rsatishlari aytib o‘tilgan edi.

     Tanlovning birinchi kuni Markaziy kimyo laboratoriyasi va Texnik nazorat bo‘limida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda ishtirokchilar nizom bo‘yicha o‘zlarining chiqishlarini hay’at a’zolariga namoyish etdilar. Tanlov yuqori saviyada o‘tkazildi.

     Eslatib o‘tamiz, tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 1-mart sanasiga qadar davom etadi.

 

                                                                      “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech