Ру O`z En

SAYYOR QABUL - MUROJAATLARGA IJOBIY YECHIM!

        Sayyor qabul – xalq bilan faol va ochiq muloqot demakdir. Mamlakatimizda sayyor qabullar tashkillanishi oqibatida xalqimizning talaygina muammolari hal etilmoqda. Bu fuqarolarimizni yanada farovon yashashlariga zamin yaratib kelmoqda.          Davlatimiz rahbari tomonidan yuritilayotgan odilona siyosati xozirgi davrda fuqarolarimizga xech bir qiyinchiliklarsiz mutasaddilar, rahbarlar bilan ochiq muloqot qilishlarini ta’minlab bermoqda. Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan mamlakatimizning barcha tashkilot, oliy ta’lim, muassasalarida Xalq qabulxonalari tashkil etilgan edi. Qabulxonalarda aholi muammolari ko‘rib chiqilib, yordam berish, muammolarni hal etib, ochiq muloqotlar o‘tkazish maqsadida sayyor qabullar tashkil etildi. Xalq qabulxonalari xozirga qadar o‘z faoliyatlarini yuqori darajada davom ettirmoqdalar.    

   “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul xonasida ishchi-xodimlarni murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Murojaatlar bilan ishlashda xodimlarning masalalarini joyida hal etishga, sarsongarchilik va muammolar yuzaga kelishining oldini olishga, bunday holatlarga nisbatan tezkorlik bilan munosabat bildirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Buning uchun jamiyatimizda ishchi xodimlarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganib chiqish borasida rejali tartibda qabullar tashkil etilish bilan talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Rahbariyatning jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvaliga muvofiq murojaatlar vaqtida o‘rganib, xal qilinishiga erishilmoqda.

    2021 yil II choragida “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatining Jismoniy va yuridik shaxslar qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan  201 ta murojaat kelib tushgan.  Murojaatlarning 12 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasidan, 76 tasi bevosita jismoniy shaxslardan va 113 tasi og‘zaki murojaatlarni tashkil etgan.

Ushbu murojatlarning 22 tasi qanoatlantirildi, 167 tasiga tushuntirishlar berildi. Shuningdek, virtual qabulxona orqali kelib tushgan 1 murojaat qanoatlantirildi,

11 tasiga tushuntirishlar berib o‘tildi. Tahlillarga ko‘ra, qanoatlantirilgan murojaatlarning aksariyati nogiron va kam ta’minlangan ishchi – xizmatchilarga moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalarni tashkil etadi.

Tushuntirish berilgan fuqarolarning ko‘pchiligi korxonaga ishga joylashish yuzasidan murojaat qilishgan. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni qonun doirasida bajarilib, xech qanday qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilmagan.

Jamiyatda murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha har chorakda ommaviy axborot vositalarida yoritib borilmoqda. Bundan tashqari, murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlar yilning har choragida jamiyatimizning “Kimyogar” gazetasi hamda ijtimoiy tarmoqlarida chop etib borilmoqda.

 

   “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech