Ру O`z En

SAYYOR SEMINAR-TRENING

Joriy yilning 11-may kuni “Farg‘onaazot” AJning majlislar zalida “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari Xodimlar bilan ishlash, Xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish boshqarmalari hamda Malakani baholash markazlari xodimlari ishtirokida navbatdagi sayyor seminar-trening o‘tkazildi. 
   
Seminarda korxona matbuot xizmati rahbari Mannonxon Tillyaxodjayev seminarni ochib berar ekan, seminarning kun tartibi bilan ishtirokchilarni tanishtiriib chiqdi.

Seminarda so‘zga chiqqan Toshkent Davlat yuridik universiteti mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjanov kimyo sanoati tarmog‘ida ishchi-xodimlar o‘rtasida mehnat munosabatlarini yangi mehnat qonunchiligi asosida to'g’ri tashkil etish, xodimlarni zamonaviy usullardan foydalanib boshqarish, xodimlarda korxonaga nisbatan aloqadorlik hissini yanada kuchaytirish, korxonaga malakali mutaxassislarni jalb etish masalalarida nutq so'zladi.

So'ng, mavzuga oid videoroliklar hamda taqdimotlar namoyish etildi.


“Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech