SEMINAR: “MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH HAMDA XOTIN-QIZLAR BILAN YAQINDAN ISHLASH”
Korxonaning majlislar zalida jamiyat sexlari ma’naviyat va xotin-qizlar yetakchilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda, mazkur mavzular bo‘yicha 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha kelishib olindi.
Seminarda 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha qilingan ishlar hisoboti hamda joriy yilda boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan yo‘l xaritasiga muvofiq korxonada tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish borasida so‘z yuritildi.
Boshqaruv raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva so‘zlariga ko‘ra, korxonada 2025-yilga yo‘l xaritasi tasdiqlangan bo‘lib, uning barcha bandlari ishchi-xodimlarning manfaatini ko‘zlagan. Shuningdek, davlatimiz rahbari qaror va farmonlariga asoslangan. Xotin-qizlar, yoshlar masalalari alohida bandlarga ega bo‘lib, mazkur mavzularda yil davomida ibratli seminar-treninglar, qo‘llab-quvvatlashga oid ishlar belgilab qo‘yilgan. Shu o‘rinda, 2025-yilda barcha sexlarda ma’naviyat yetakchilari saylanishini yangilash masalasi ko‘rib chiqiladi va yo‘l xaritasidagi ishlar har bir tarkibiy bo‘linmalarda joriy etiladi.
- Korxonamizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash, oilalardagi murosasiz vaziyatlarni oldini olish masalalariga jiddiy e’tibor qaratib kelingan. Mana bugungi seminarimiz ham shu mavzularga qaratilgan bo‘lib, joriy yilda bu borada katta rejalar tuzilib, buni sizlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yishimiz lozim – dedi o‘zining nutqida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis Umidaxon Ahunjanova. U o‘z nutqida sohaga oida barcha ma’lumotlarini so‘zlab berdi.
Boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nurmurod Sirojov yoshlar masalalari, korxonada tashkil etilayotgan tadbirlar, musobaqalar, shuningdek, bolalar, o‘smirlar o‘rtasida psixatrop moddalarga o‘rganish holatlarini oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurash masalalarida nutq so‘zladi. Firibgarlik, plastik kartalardan aldov yo‘li bilan pul yechish, tovlamachilik qurboniga aylanib qolmaslikni ta’kidlab o‘tdi.
Seminar so‘ngida, mavzuga oid ijtimoiy rolik namoyish etildi. Seminar ishtirokchilari o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati