SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA
Korxona rahbariyati tashabbusi bilan tasdiqlangan rejaga asosan o‘tkazilayotgan seminarlarning mazkur haftadagi manzili Mexanikaviy ta’mirlash sexida bo‘ldi.
Joriy yilning 19-fevral kunlari korxonaning komplayens nazorati hamda Jamoat tashkilotlari rahbarlari sexlarda mehnat intizomi, ichki mehnat tartibiga rioya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, Odob-axloq kodeksi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni faollashtirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, korxona xodimlarining murojaatlari asosida ularning ijtimoiy himoyasi masalalari to‘g‘risida ma’ruzalar qildilar.
Samimiy muhitda o‘tgan seminar, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi, mutaxassislar qiziqarli savollar bilan ishtirokchilarga murojaat qilib, ularni mavzu muhokamasiga jalb qildilar.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati