KORXONADA AVARIYALARNI BARTARAF ETISH REJASIGA MUVOFIQ O‘QUV, AMALIY-TAKTIK MASHG‘ULOTI TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 3-may kuni jamiyatning SANOAT XAVFSIZLIGI, FUQARO MUHOFAZASI VA FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSHQARMALARI hamda FVB OYXTTEB xodimlari bilan hamkorlikda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida Avariyalarni bartaraf etish rejasi bo‘yicha jamiyatning Ammiakli selitra ishlab chiqarish sexi (AS-72M) 718 - binosida joylashgan PSV-1 qurilmasidan ammiakni atrof muhitga sizib chiqishi bilan bog‘liq avariya sodir bo‘lgan. Avariya natijasida jabrlangan ishchi-xodimlar tezkor xizmatlarni, ya'niy Qutqaruv otryadi, Yong‘in qutqaruv qismi, Tibbiy xizmat va idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘limlarini jalb qilgan holda insonlar hayoti uchun zararli modda tarqalgan hududni qurshab olib va odamlarni zararlangan hududdan olib chiqish mavzusida o‘quv amaliy taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati