KORXONADA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI QISQARTIRISH VA MAHSULOT TANNARXINI PASAYTIRISH BUGUNGI KUNNING USTUVOR VAZIFASIDIR
Bugun, korxonaning majlislar zalida 2024-yil 16-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida “2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar” bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida “O‘zkimyosanoat” AJda o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari faoliyatining uzluksizligini va tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda sanoat mahsulotlari tannarxini 15 foizga pasaytirish bo‘yicha yangi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash topshirig‘ini ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda har bir sex va bo‘lim boshliqlari, hamda bosh mutaxassislar qo‘yilgan topshiriqlarga jiddiy yondoshib ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi oshib ketishini oldini olish bilan birga raqobatbardoshligini oshirish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlari zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari e’tiborini amalga oshirilishi kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor chora-tadbirlarga ham qaratildi. Xususan, tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiyalash va moddiy xom ashyo va energiya resurslari sarfi me’yorlarini maqbullashtirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish, xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini pasaytirish, foydalanish xarajatlarini va qo‘shimcha xarajatlarni qisqartirish, mehnat unumdorligini oshirish, xodimlar sonini maqbullashtirish, shuningdek, ichki zaxiralarni topish va ishlab chiqarish tannarxiga ta’sir etuvchi boshqa omillar kabi masalalar yig‘ilish kun tartibidan joy oldi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda barcha tarkibiy bo‘linmalar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Majlis yakunida yig‘ilish ishtirokchilarining takliflari diqqat bilan tinglandi va savollariga javoblar berildi.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati