Ру O`z En

“VOLEYBOL” BO‘YICHA AYOLLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN SPORT MUSOBAQASIDA G‘OLIB ANIQLANDI

“Kasaba uyushmalari kuni”ga bag‘ishlanib jamiyat bo‘ylab o‘tkazilayotgan tadbirlarning navbatdagisi “Voleybol” bo‘yicha ayollar o‘rtasida sport musobaqasi bo‘ldi.

     Bunday tadbirlar jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, korxona xotin-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida xodimlarni sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashish hamda yoshlarni sportga keng jalb qilishda alohida o‘rin tutadi.

      Bo‘lib o‘tgan voleybol musobaqasi juda qiziqarli va murosasiz yakunlanib, 1- o‘rin “Xo‘jalik sexi” jamoasiga, 2- o‘rin “Bug‘-qozon sexi” jamoasiga va 3- o‘rin “Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika sexi”ga nasib etdi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech