Ру O`z En

"RAHBAR KUBOGI" MINI-FUTBOL MUSOBAQASI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Avval xabar berganimizdek, 9-11-sentyabr kunlari korxonamizda “Rahbar kubogi” mini-futbol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. Bugun esa, korxona faollar zalida musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov g‘oliblarni tabriklab, so‘zga chiqdi.

Tadbirda savdo bo‘limi futbol jamoasi birinchi darajali diplom bilan, xaridlarni transformatsiya qilish boshqarmasi jamoasi ikkinchi darajali diplom bilan hamda ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi jamoasi uchinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.

Shuningdek, musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi.

 

"Farg‘onaazot" AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech