Ру O`z En

XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

Bayram tadbiri korxonaning Faollar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida jamiyat rahbariyati tomonidan bayram tabrigi yo‘llanib, korxonada samarali mehnat qilayotgan barcha xotin-qizlarga samimiy hurmat va ehtirom izhor etildi. Tabrik so‘zlarida ayollarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda korxonaning barqaror rivojlanishiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi alohida ta’kidlandi.  

Shuningdek, ularga kelgusidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va baxt-saodat tilandi.

Bayram tadbiri doirasida o‘tkazilgan sport va intellektual musobaqalar g‘oliblari ham munosib taqdirlandi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari hamda rag‘batlantiruvchi mukofotlar topshirilib, bu kabi tashabbuslar korxonada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Tadbirning badiiy qismida Marg‘ilon musiqali maqom teatri san’atkorlari tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar jonli ijroda taqdim etildi. San’atkorlarning yuksak professional mahorati bilan ijro etilgan musiqiy chiqishlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Mazkur bayram tadbiri korxona jamoasida xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi hamda jamoada ijobiy ruhiy muhitni yanada mustahkamladi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech