JAHOLATGA QARSHI KURASHNING YAGONA YO‘LI - MA’RIFATDIR
Bugun, 2024-yil iyun oyining 26-sanasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida jamoat tashkilotlari, Yuridik bo‘limi va Komplayens nazorat xizmati tomonidan seminar tashkil etildi.
Seminarni korxona boshqaruvi raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva ochib berar ekan, seminarning asosiy maqsadi ishchi-xodimlar, asosan yoshlarni turli xil illatlardan yiroqda bo‘lishni, huquqbuzarliklarni, tartibbuzarliklarni oldini olish, odamgarchilik, yaxshilik, muqaddas Islom dinimizni to‘g‘ri anglash va singdirish kabi g‘oyalarni ko‘zlaganligini va xodimlarni ham ma’naviy, ham huquqiy ham diniy yetuklikka yetaklash ekanligi ta’kidlab o‘tdi.
Mavzuga oid masalalar, kasbga muhabbat, halol mehnat, ulardan uzoqlashtiruvchi, qing‘ir yo‘llarga eltuvchi illatlar to‘g‘risida Yuridik bo‘limi boshliq o‘rinbosari Mahmudjon Qayumov nutq so‘zladi. Yuridik bo‘limi boshlig‘i Nasiba Mahkamova xodimlarga mehnat intizomi to‘g‘risida yana bir bor eslatib, xodimlardan korxona hududida, ish joyida o‘zini tutish va majburiyatlarni sidqidildan bajarish haqida so‘zlab berdi.
Komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov esa xodimlarga rizq va shukronalik mavzulari bo‘yicha ibratli ma’ruzalar qildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati