KORXONA XOTIN-QIZLARI UCHUN PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING O‘TKAZILDI
Joriy yilning 19-aprel kuni “Ayollar o‘rtasida ruhiy salbiy emotsional buzilishlarni oldini olish” - mavzusida psixologik seminar-trening tashkillandi. Korxona xotin – qizlari uchun o‘tkazilgan seminar-treningni korxona psixologi Nargiza Ergasheva olib bordi. Ushbu treningda korxonaning sex va bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faol ishtirok etishdi. Treningda “Ajoyib kun”, “Qora quti” - meditatsiya mashqlari hamda ish samaradorligini oshuruvchi enerjayzerlar o‘tkazildi. Bundan tashqari baxtli bo‘lish sirlari mavzusida qatnashchilar o‘zlarini qarashlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.
“Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati