Ру O`z En

SPARTAKIADA G‘OLIBLARI TAQDIRLANDILAR

Jamiyatning ishchi-xodimlari o‘rtasida 7-aprel “Butunjaxon salomatlik kuni” munosabati bilan  “Spartakiada” musobaqalari boshlab yuborilgan edi.

Hozirgi kunga qadar spartakiadaning stol tennisi, shashka va shaxmat  turlari bo‘yicha musobaqalar o‘z yakuniga yetdi va g‘oliblar aniqlandi. Bugun, 11-aprel kuni mazkur turlar bo‘yicha o‘rinlar egalari korxona ma’muriyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlandilar.

 Stol tennisi sport musobaqasi bo‘yicha ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni Nodira Yo‘ldasheva Davolash-sog‘lomlashtirish diagnostika sexi xamshirasi, 2-o‘rinni Anastasiya Yashkova Elektr ta’minoti sexi mexnatni tashkil etish va me’yorlar bo‘yicha muhandis va 3-o‘rinni Nozima Abduraxmonova XMD sexi apparatchisi egalladilar.

Erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Izzatulloh Qosimov Elektr ta’minoti sexi ustasiga, 2-o‘rin Otabek Madaminov Ilmiy innovatsiya markazi yetakchi mutaxassisiga va 3-o‘rin Umidjon Mirzaolimov Konditsionerlarni ta’mirlash sexi chilangariga nasib etdi.

Shashka bo‘yicha ayollar o‘rtasida g‘oliblikni Janona Valiyeva XMD sexi plastmassa buyumlarini presslovchisi, 2-o‘rinni Alla Popova MTS nazoratchisi va 3-o‘rinni Raximova Nargiza SA va SKQI sexi apparatchisi qo‘lga kiritdilar.

Erkaklar o‘rtasida esa 1-o‘ringa Azizbek Abdurazzaqov JMT sexi ustasi, 2-o‘ringa Shaxboz Usmonov Soda sexi chilangari hamda 3-o‘ringa Bahodir Tilavoldiyev JMT sexi chilangari sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida mutloq g‘oliblik Zarina Samatova Mochevina i/ch sexi ishlab chiqarish laboratoriyasi katta ustasiga, 2-o‘rin Nargiza Yuldasheva SN va SRQ nazoratchisiga, 3-o‘rin Dilnoza Abdumajidova SN va SRQ yetakchi muhandisiga nasib qildi.

Erkaklar o‘rtasida  Nuriddin Aminov IChT boshqarmasi yetakchi mutaxassisi 1-o‘rinni, Andrey Petrov Elektr ta’minoti sexi operativ dispetcheri 2-o‘rinni va Sherzodali Fozilov Temir yo‘l sexi mashinisti 3-o‘rinni egalladilar.

Barcha musobaqa ishtirokchilarni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlariga omadlar tilab qolamiz!

 

 

“Farg‘onaazot” AJ  matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech