SPORT NAFISLIK VA SALOMATLIK MANBAI
Dono xalqimiz azal-azaldan bejizga sog‘lom onadan sog‘lom farzand dunyoga keladi deyishmaydi. Ona salomatligi shu diyorning kelajagini belgilaydi. Shuning uchun ham ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlash mamlakatimizda dolzarb masalalardan biriga aylangan.
Bugun, “Farg`onaazot” aksiyadorlik jamiyatida xotin-qizlarni reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, yosh ayollar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, “Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida “Gimnastrada” sport turi tashkillandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog`lom ayol-buyuk kelajak” g`oyasi bilan Respublikada sportning “Gimnastrada” (Gimnastika barcha uchun) turini yanada rivojlantirish va Farg`ona viloyati hokimligining “Sport bilan muntazam shug`ullanishga keng jalb etish, piyoda yurishni ommalashtirish orqali fuqarolar o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish shuningdek, mahalliy hokimliklarda, boshqarma va tashkilotlarda haftada ikki kunni sport kuni etib belgilash to`g`risida”gi dasturi ijrosi amalda qo‘llandi. Ushbu dasturga muvofiq har haftaning seshanba va payshanba kunlarini sport kuni deb belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Bo‘lib o‘tgan gimnastrada tadbirida Farg`ona viloyati sport boshqarmasi bolalar va o`smirlar badiiy gimnastika maktabi rahbari Dilshod Mehmonov hamda mutaxassislar Zulfiya Ma’murova, Mubina Vahobovalar ishtirok etdilar. Korxonaning jamoat tashkilotlari tomonidan tashkillangan tadbirda 100 nafardan ortiq xotin-qizlar faol qatnashdilar.
“Farg`onaazot” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati