Ру O`z En

CHORSHANBA – FAVQULODDA VAZIYATLARNI OLDINI OLISH VA YONG‘INLAR PROFILAKTIKASI KUNI

Korxonaning Elektr jihozlarini markazlashgan ta’mirlash sexi hamda Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va xavfsizlikni ta’minlash doirasida keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir Jamiyat Sanoat xavfsizligi boshqarmasi, Qutqaruv otryadi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Obyektda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘limi mutaxassislari hamkorligida o‘tkazildi.

Profilaktik tadbir davomida ishchi-xodimlarga bir nechta masalalar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Xususan, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi standartlarini qo‘llash, yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish, yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish, kimyoviy moddalardan zaharlanish kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, olovli va gazga xavfli ishlarni bajarish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.

Mazkur tadbir jarayonida berilgan barcha nazariy bilimlar va qat’iy amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidalar bevosita ishlab chiqarish sexlarida ishchi-xodimlar ishtirokida amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Ushbu profilaktik mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi — korxona xodimlarining kasbiy malaka va xavfsizlik bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash, mehnat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni bartaraf etish va xavfsiz mehnat muhitini ta’minlashdan iborat bo‘lib, ko‘zlangan maqsadga erishildi.

 

 

“Fargonaazot”AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech