YOSHLARDA XULQ-ATVORNING LOKUS NAZORAT STRATEGIYASI
Mazkur mavzu bo‘yicha bugun, joriy yilning 12-iyun kuni jamiyatning yosh mutaxassislari uchun qiziqarli seminar-trening tashkil etildi.
Seminarga amaliyotchi psixologlar va korxona psixologi N. Ergasheva tashrif buyurdilar. Treningda insonning psixologik holatiga bog‘liq bo‘lgan turli ma’lumotlar, jumladan, emotsiyalarni boshqarish, xulq-atvorni ijobiy shakillantirish, psixologik yetuklik darajasini tashhis qilish, insonlar bilan psixologik aloqa o‘rnatish kabi mavzularda suhbatlar va testlar o‘tkazildi.
Seminar so‘nggida yoshlar masalalari bo‘yicha boshqaruv raisi maslahatchisi hamda yuridik bo‘limi boshlig‘i tomonidan gender tenglikka oid malumotlar berib o‘tildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati