Ру O`z En

SUMALAK SAYLI

Bahor kelib xalqimiz turli xil bayramlar, o‘yinlar, kechalar va albatta sumalak sayllarini o‘tkaza boshlaydilar. Ayniqsa Navro‘z bayrami oldidan bu kabi sayllar ko‘paya boradi.

    Korxonamizda o‘tkazilgan Sumalak sayli ham bayram oldidan tashkil etilib, 2 kun davom etdi. Saylda xodimlarning o‘yin-kulgulari yangradi, qo‘shiq va raqslar sadolari eshitildi. Ikkita katta doshqozonga solingan sumalak, yaxshi duolar bilan xodimlar tomonidan tayyorlandi. Noz-ne’matlargi to‘la dasturxon yozilib mehmonlar kutib olindi. Ertasi kuni tayyor bo‘lgan sumalak korxonaning barcha sex va boshqarmalariga tarqatilib berildi.

 

Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech