SUMALAK SAYLI
Bahor kelib atrof gullar va ko‘klamga belanayotgan bir kezda “Farg‘onaazot” korxonasi xodimlari uchun sumalak sayli tashkil etildi. Sayl jamiyatning Xo‘jalik sexida 19, 20-mart kunlari o‘tkazildi.
Avvaliga sexning mehnatkash xodimlari tomonidan hududlar tozalanib, gullar ekildi. Aloqa sexi ishchilari sumalaknig 2 ta katta doshqozonlariga joy hozirladilar. Oldindan o‘stirib olingan bug‘doy kesilib, sumalak solindi.
Qo‘shaloq ulug‘ kunlar Ramazon oyi hamda Navro‘zi olam munosabati bilan solingan sumalakda, duolar o‘qilib, chalpaklar pishirildi. O‘yin, raqslar qo‘yilib, miriqib dam olindi. Korxona rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 46 nafar xodimlarga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi. Sexlardan taklif qilingan 50 nafar ishchilarga iftorlik tashkillanib, dasturxon yozildi. Sumalak bazmi o‘tkazilgandan qo‘ng, doshqozonlar usti yopildi.
Ertasi kuni tong sahardan pishgan sumalak ochilib, barcha jamiyat sexlariga tarqatib berildi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati