Ру O`z En

TAQDIRLASH MAROSIMI

Kimyogarlar kuni munosabati bilan jamiyatda birin-ketin o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi. 

Jamiyat kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan kasb bayramiga bag‘ishlanib mini-futbol va voleybol sport turi bo‘yicha musobaqalari o‘tkazilgan edi. Bugun, 24-may kuni korxonada bayramlar ketma-ketligining bir pallasida musobaqa sovrindorlari qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Eslatib o‘tamiz, sporting voleybol turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida 3- o‘rin “Xlorat-magniy defolianti sexi”, 2- o‘rin “Zavod boshqarmasi” hamda 1-o‘rin “Xo‘jalik sexi” jamoalariga nasib etdi.

Erkaklar voleybolida 3- o‘rinni “Elektr ta’minoti sexi”, 2- o‘rinni “Jihozlarni markazlashtirilgan ta’mirlash sexi” va 1-o‘rinni “Mochevina ishlab chiqarish sexi” jamoalari egalladilar.

Mini-futbol turi bo‘yicha 3-o‘ringa “Ammiak-3 sexi”, 2-o‘ringa  “Zavod boshqarmasi”, mutloq g‘oliblikka esa “Soda ishlab chiqarish sexi” jamoalari sazovor bo‘ldilar.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech