TARIXIY OBIDALAR GO‘SHALARIGA SAYOHATLAR UYUSHTIRILDI
Xalqimizning qadimiy tarixidan so‘zlaydigan noyob yodgorliklarni asrash, o‘rganish, tadbiq etish va kelajak avlodlarga yetkazish g‘oyat muhim vazifadir. Mamlakatimizning tarixiy obidalarini o‘rganish xalqimiz tarixiga oid yangi ashyo va ma’lumotlar olish imkonini, o‘tmishimizda yashab o‘tgan ajdodlarimizni xozirgi kunga yetib kelishimizdagi o‘rinlarini bilishimizga, ularning mehnatlarini qadrlashga yetaklaydi.
Bizning yurtimiz tarixiy obidalarga boy go‘shadir. Xurmatli Prezidentimiz “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida bular to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berib o‘tganlar. Bu yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Milliy davlatchiligimiz tarixini o‘zida aks ettirgan va kelajak avlodlarga moziydan xabar beruvchi bunday arxeologik yodgorliklarni, tarixiy-madaniy obidalarni o‘rganish bizlarni ma’naviy-ma’rifiy o‘sishimizga, keng dunyoqarashimizga va ajdodlarimiz bilan faxrlanishga undaydi.
Bizning korxonamiz rahbariyati xar doim ishchi-xodimlarimizni yanada ma’naviy yetuk, bilim darajasi keng inson bo‘lishida o‘zining hissalarini qo‘shib, turli xil tadbirlar, musobaqalar, intellektual o‘yinlar va albatta ma’daniy xordiq olishlari uchun Vatanimizning barcha yerida joylashgan tarixiy, dam olish joylariga sayohatlar uyushtirib keladi.
Kuni kecha shunday sayohatlardan biri viloyatimizni qadimgi, ko‘p tarixga ega Marg‘ilon, Rishton hamda Qo‘qon shaharlarining ziyoratgoh, xunarmandchilik yerlarida bo‘ldi. U yerda korxonamizning barcha sex va bo‘limlar ma’naviyat targ‘ibotchilaridan 45 nafar jamoasi o‘zlariga atlas va adrasning vatani sanalmish Marg‘ilon shaxrining Kaptarli mozor ziyoratgohi, “Yodgorlik” xunarmandchilik markazi faoliyati bilan tanishib chiqdilar. Xunarmandchilik markazida qadimiy jahonda dovrug‘ qozongan go‘zal mato adras to‘qish dastgohlarida ayol qizlarni qay tarzda ish olib borayotganliklarini o‘rganib chiqdilar.
Sayohatchilar Rishton tumanida joylashgan kulolchilik korxonasida dilni quvnatadigan bir biridan chiroyli kulolchilik mahsulotlarini ko‘zdan kechirar ekanlar uni kelib chiqish tarixi ya’ni oddiy loydan to tayyor mahsulot darajasiga yetib borish bosqichlari bilan tanishib chiqdilar. O‘zlariga kulolchilik korxonasidan esdalik sovg‘alar sotib oldilar. So‘ng keyingi manzilga yo‘l oldilar. Qadimgi Qo‘qon shahridagi XIX asrning muhtasham va muazzam obidalaridan biri bo‘lmish Xudoyorxon Saroyidagi sayohatda jamiyatimiz xodimlari saroy tarixi, Xudoyorxon boshqaruvi, xayoti to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. O‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar.
Sayohat so‘ngida “Mehrigiyo” shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish korxonasiga tashrif buyurish chog‘ida sayohatchilar turli xil shifobaxsh o‘tlardan tayyorlangan tabiiy dori vositalari bilan tanishib chiqdilar. Barcha sayohat ishtirokchilari sermazmun sayohat uchun korxona rahbariyati va kasaba uyushmasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.
"Farg'onaazot" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati.