Ру O`z En

TASHRIF: SEXLARDA ODOB- AXLOQ NAMUNAVIY NIZOMI, ICHKI MEHNAT TARTIB QOIDALARIGA QAT’IY AMAL QILISHNI TA’MINLASH USTIVOR VAZIFA

Jamiyatning barcha sexlari bo‘ylab 2024- yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da “Farg‘onaazot” AJ sexlarida odob- axloq  namunaviy Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha tashriflar boshlandi.

  May oyining 20-sanasidan boshlangan tashrifning birinchi manzili Markaziy kimyo laboratoriyasi bo‘ldi. Yig‘ilishda xodimlarga jamiyatda tasdiqlangan Odob-axloq Kodeksi, Ichki mehnat tartib qoidalari, Mehnat kodeksi, jamoa shartnomalari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berilib, suhbatlar qurildi.

 Shuningdek,   korxona psixologi o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, stress holatlarda o‘zini boshqarish va  jamoadagi psixologik holatni muvofiqlashtirish bo‘yicha trening o‘tkazdi. Yig‘ilish yakunida xodimlar savol va takliflari yozib olindi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech