TIL MILLAT RUHI
Milliy ong va tafakkur mahsuli, ma’naviy mushtaraklik til orqali
ro‘yobga chiqadi. Ma’naviyat ko‘zgusi – davlat tiliga bo‘lgan munosabat xalqning millat taqdiriga bo‘lgan munosabatini ham ifodalaydi. “Farg’onaazot” aksiyadorlik jamiyati majlislar zalida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir ona tiliga e’tibor va ehtirom, unga davlat tili sifatida qarashning mas’uliyati kabi tuyg‘ularni o‘zida mujassam etdi.
O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirida Qo‘qon Pedagogika instituti O‘zbek adabiyoti kafedrasi professori filologiya fanlari doktori Zebo Qobilova tashrif buyurdi. “Til – millat ruhi” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ma’naviy –ma’rifiy tadbirda korxona bo‘lim va sex boshliqlari, xotin-qizlar, yoshlar kengashi va ma’naviyat va ma’rifat yetakchilari ishtirok etdilar.
- Tadbirning asosiy maqsadi, yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishni va til millat ruhi ekanligini xodimlarimiz, asosan yoshlarimiz orasida targ‘ib qilishni o‘z ichiga olgan – deydi korxona ma’naviy marifiy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Dilorom Turdieva.
Tadbirda shuningdek, yaqinda jamiyatda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Eng faol yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari qatnashdilar. Tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.
“Farg’onaazot”AJ matbuot xizmati