Ру O`z En

DAVLATIMIZ GERBI TASHKIL TOPGANIGA 33 YIL TO‘LDI

Bugun mamlakatimiz hayotidagi muhim sanalardan biri, 2-iyul - O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun. Joriy yilda bu sanaga 33 yil  to‘ldi. “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida bu kun tadbir qilib nishonlandi.

      Tadbirda korxona boshqaruvi raisi Dilshod Mannonov barchani bayram bilan tabriklab, yurtimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar , xalqimiz yashash tarzini sezilarli darajada yaxshilanishi, rivojlanishlar, o‘sishlar ro‘y berayotgani to‘g‘risida so‘z yuritdi. Buning natijasida mamlakatimiz nomini dunyo taniyotgani hamda katta muvaffaqiyatlarga erishayotganimizni ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, barchaga sog‘liq, xalqimizga farovonlik, yurtimizga esa tinchlik va yuksalish tiladi.

     Boshqaruv raisi maslahatchisi E’zozxon Abdullayeva, Komplayens nazorat xizmati boshlig‘i G‘ofurjon Jabborov hamda Yuridik bo‘limi boshliq o‘rinbosari Mahmud Qayumovlar gerbimiz jonajon Vatanimiz mustaqilligi ramzi ekanligini, uning ramziy ma’nolarini,  yaratilish  tarixi, an’analar timsollari va uning huquqiy tariflarini so‘zlab berdilar. 

       Tadbir so‘nggida sexlar ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha yetakchilari o‘z ish joylarida ma’naviyat bo‘yicha qilinayotgan ishlar,  davlat tilimiz nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan va yuritilayotgan xat-hujjatlar to‘g‘risida gapirib berdilar. Shu o‘rinda, korxonada yo‘lga qo‘yilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida o‘z ijobiy fikr va mulohazalarini ulashdilar.

 

 “Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech