KASABA UYUSHMALARI – MEHNATKASHLAR MANFAATI VA JAMOAVIY BIRDAMLIK TIMSOLI!
11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni hamda bu yil kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yillik yubileyi munosabati bilan korxonamizda o‘tkazilgan barcha ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalari g‘olib hamda sovrindorlari korxona rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tantanali tarzda taqdirlandi.
Tadbir jamiyatning faollar zalida bo‘lib o‘tdi va unda fidoyi mehnati, yuqori mas’uliyati hamda tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh xodimlar faxriy yorliqlar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida korxona rahbariyati vakillari kasaba uyushmalarining bugungi kunda ijtimoiy himoya tizimida tutgan o‘rni, korporativ madaniyatni rivojlantirishdagi roli hamda xodimlar motivatsiyasi va ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
G‘olib va sovrindorlarni chin yurakdan tabriklaymiz! Sizlarning fidokorona mehnatingiz va yuksak kasbiy mahoratingiz korxonamiz muvaffaqiyatining muhim omilidir. Kelgusida ham yangi yutuqlar va ijodiy g‘alabalarga erishishingizni tilaymiz!
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati