Ру O`z En

YOSH XODIMLAR KASABA UYUSHMALARI E’TIBORIDA

Joriy yilning 26-sentabr kuni, korxonaning faollar zalida, “Yosh xodimlar kasaba uyushmalari e’tiborida” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

 Mazkur davra suhbati, korxona Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi hamda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shavkat Tairov va Respublika Kengashining mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Shuhratilla Rixsiboev, Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nurmurod Sirojov, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvohidov, kasaba uyushmasi faollari va korxonaning yosh xodimlari ishtirok etishdi.

Davra suhbatini kirish so‘zi bilan korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Ilhom Abduvoxidov ochib berdi.

Ochiq va samimiy ruxda o‘tgan davra suhbatida yosh xodimlarni qo‘llab − quvvatlash maqsadida kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda tarmoq tizimida “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” maqsadi va mazmuni borasida so‘z bordi.

Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari mazmun-mohiyati to‘g‘risida Shavkat Tairov va Shuhratilla Rixsiboevlarning ma’ruzalari yig‘ilish ishtirokchilarida
katta qiziqish uyg'otdi.    
         Shuningdek, korxona boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nurmurod Sirojov, yoshlarni qo‘llab − quvvatlash borasida korxonada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘z savollariga atroflicha javob olishdi.

 

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech