Ру O`z En

SHAXMAT VA SHASHKA BO‘YICHA O‘TKAZILGAN MUSOBAQA G‘OLIBLARI TAQDIRLANDILAR

Bugun Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlanib, “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida korxona ayollari o‘rtasida shashka va erkaklari o‘rtasida shaxmat sport turlari bo‘yicha musobaqasi g‘oliblari taqdirlandilar.

Aytib o‘tish lozimki, mazkur musobaqada korxonada faoliyat yuritadigan 40 ga yaqin ishchi-xodimlar ishtirok etishgan edi. Ayollar va erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan stol musobaqasi sovrindorlariga jamiyat Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda Yoshlar ittifoqi Kengashining qimmatbaho sovg‘alari va diplomlari topshirildi. 

 

 “Farg‘onaazot” AJ Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech