TURIZM YO‘NALISHIDAGI SAYOHATLAR YIL YAKUNIGA QADAR DAVOM ETADI
Xabaringiz bor, Prezidentimiz turizmni rivojlantirish va aholini milliy qadryatlarimizga nisbatan bo‘lgan bilim va hurmatini yanada oshirish, ma’naviyatimizni mustahkamlashga katta e’tibor qaratib keladi. Bu borada so‘nggi yillarda bir nechta qaror va farmonlarni ham imzolagan.
Mazkur farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash va xodimlarni ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jadal ishlar amalga oshirilib, O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlar uyushtirilgan.
Korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi ijtimoiy-himoya mutaxassisi Ilhom Umarov so‘zlariga ko‘ra, 2022-yil 1-iyul sanasiga qadar 200 nafar ishchi-xodimlar turistik sayohatlarga yuborilgan. Namuna qilib, joriy yilning aprel oyida Farg‘ona – Buxoro – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘ylab – 46 nafar, may oyida Farg‘ona – Xiva – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘ylab – 47 nafar, iyun oyida Namangan yo‘nalishi bo‘ylab – 50 nafar va Samarqand-Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab 47 nafar xodimlar qadimiy ziyoratgohlar va mo‘tabar yerlarga jo‘natilganligini aytish mumkin.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan Xiva shahriga tashkil etilgan sayohatda korxona xodimlaridan 10 nafari bo‘lishgan. Turizm yo‘nalishida bunday sayohatlar yil yakuniga qadar yana davom etishi rejlashtirilganligini uyushma mutaxassisi o‘z so‘zida ta’kidlab o‘tdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati