SANOAT XAVFSIZLIGI BOSHQARMASI XODIMLARI TOMONIDAN XLORAT MAGNIY DEFOLIANTI SEXIDA “NOSTANDART VAZIYATLAR” BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
Korxona boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan “Korxona ishchi xodimlari o‘rtasida nostandart vaziyatlarni kelib chiqish holatlarini oldini olish”ga qaratilgan 405-sonli buyruq ijrosi yuzasidan korxonada nostandart vaziyatlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari nazorati kuchaytirildi.
Korxonada doimiy ravishda Sanoat xavfsizligi boshqarmasi tomonidan “Nostandart vaziyatlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlar tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilmoqda. Sexlar va tarkibiy bo‘linmalarda ishchilar bilimini baholash komissiyasi tarkibiga sexning muhandis-texnik xodimlari va bo‘lim vakillari, shuningdek, bosh mutaxassislar jalb qilinmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari yozma so‘rovnoma shaklida o‘tkazilib, unda vaziyat qanday ekanligi haqida savol beriladi, so‘ngra individual yozma javob uchun vaqt beriladi. Yakuniy xulosalar chiqariladi va ushbu nostandart vaziyatlarning paydo bo‘lishining sabablari va avariyalarni tarqalishini cheklash va tugatish bo‘yicha xodimlarining harakatlari to‘g‘ri yoki yo‘qligi, shu o‘rinda, kelajakda shu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha tahlil qilinadi.
Olingan anketalar yo‘l-transport hodisasi, balandlikdan tushish (uskunalar va metall konstruksiyalarning qismlari), harakatlanuvchi, uchadigan, aylanadigan narsalar va qismlarning ta’siri, harorat va bosim parametrlarining keskin oshishi yoki pasayishi, zararli moddalar ta’siri, jismoniy ortiqcha yuk, energiya resurslari (gaz, bug‘, suv, elektr energiyasi, texnologik havo, azot va boshqalar)ning to‘satdan uzilishi.), hayvonlar, hasharotlar va sudralib yuruvchilar bilan aloqa qilish natijasida yetkazilgan zarar, tabiiy ofatlarda zararlanish va boshqa nostandart vaziyatlarni qamrab oladi.
Nostandart vaziyatlar - avvalo, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, sanoat va yong‘in xavfsizligi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganda, shuningdek, xodimning yetarli darajada bilimga ega bo‘lmagan holatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi barcha nostandart vaziyatlarni va ularning paydo bo‘lish sabablarini tahlil qilib, shuni ta’kidlash joizki, inson omiliga bog‘liq bo‘lgan 99% va 1% kutilmagan va tasodifiy hodisalardan iboratdir.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati