Ру O`z En

ULUG‘ ADIBLARGA BAG‘ISHLANGAN MA’RIFAT SOATI

Bugun “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyatida Ashurali Zohiriy va Zokirjon Xolmuxammad o‘g‘li Furqat faoliyatiga bag‘ishlangan ma’rifat soati tashkil etildi.

Ma’rifat soatida Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘zbek adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Zeboxon Qobilova,  filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muqaddasxon Saidakbarova,  O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialining o‘zbek tili o‘qituvchisi Nuriddinjon Raxmonov, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sanobar Abduraxmonovalar ishtirok etdilar.

Filologiya fanlari doktori, professor Zeboxon Qobilova Jadidchilik harakati, Zokirjon Xolmuxammad o‘g‘li Furqat hayoti va ijodi haqida she’riy misollar, adabiy tahlillar bilan to‘liq ma’lumot berdi.

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muqaddasxon Saidakbarova Ashurali Zohiriyning o‘zbek tili tarraqqiyoti va millatni ma’rifati yo‘lidagi fidoyiligi haqida hayotiy misollar bilan axborot berdi.

Shuningdek, tadbirda O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialining o‘zbek tili o‘qituvchisi Nuriddinjon Raxmonov hamda korxonaning ishchi-xodimlari she’riy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

  Tadbir so‘ngida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maslahatchisi Sanobar Abduraxmonova “Farg‘onaazot” aksiyadorlik jamiyati “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar o‘rtasida
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkillash va o‘tkazish bo‘yicha ilg‘or korxonalardan biri ekanligini ta’kidlab, bugungi tadbirda ishtirok etgan olimalar va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

 

FargonaazotAJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech