O‘ZSANOATQURILISHBANK TOMONIDAN KORXONA XODIMLARI UCHUN YANGI MOLIYAVIY MAHSULOTLAR TAQDIMOTI TASHKIL ETILDI
Bugun, Jamiyatimiz majlislar zalida O‘zsanoatqurilishbank mutaxassislari Umurzoqov Ibrohimjon va Muxammedov Dostonbek ishtirokida korxona xodimlari uchun zamonaviy moliyaviy mahsulotlar va bank xizmatlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida xodimlarga bank tomonidan joriy etilgan yangi moliyaviy instrumentlar, kredit mahsulotlari, shuningdek shaxsiy moliyani boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar daromad va xarajatlarni rejalashtirish, shaxsiy byudjetni optimallashtirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda uzoq muddatli jamg‘arma shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, taqdimotda bugungi kunda keng qo‘llanilayotgan raqamli bank xizmatlari, mobil ilovalar orqali to‘lovlar va pul o‘tkazmalari, tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlash, axborot va kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish, jamg‘arma va investitsiya mahsulotlari, hamda kreditlashning yangilangan mexanizmlari kabi dolzarb yo‘nalishlar batafsil yoritildi.
Mazkur tadbir xodimlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, bank xizmatlaridan samarali va xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni kundalik hayotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati