AVTOTRANSPORT SEXIDA O‘TKAZILGAN O‘QUV-AMALIY TAKTIK MASHG‘ULOT – XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH YO‘LIDAGI MUHIM QADAM
Joriy yilning 1-avgust kuni korxona Avtotransport sexining yoqilg‘i quyish shoxobchasida keng ko‘lamli o‘quv-amaliy taktik mashg‘uloti tashkil etildi. Mazkur tadbir sanoat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish hamda muvofiqlashtirilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkazildi.
Mashg‘ulotni tashkil etishda Jamiyatning Sanoat xavfsizligi boshqarmasi hamda tezkor xizmatlar – Qutqaruv otryadi, Davolash sog‘lomlashtirish diagnostika sexi, shuningdek, Farg‘ona viloyati FVB OYXTTEB va Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi qo‘riqlash departamenti alohida batalyoni kabi bir qator tashkilotlar hamkorlik qildi.
Mashg‘ulot ssenariysi bo‘yicha — yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqishi va zararli moddaning havoga tarqalishi holatini shartli ravishda olib borildi.
Bu holatda inson hayotini saqlab qolish eng muhim vazifa hisoblanadi. Shuning uchun mashg‘ulot davomida: yong‘inni bartaraf etish, zararli modda tarqalgan hududni o‘rab olish, odamlarni xavfli hududdan xavfsiz joyga evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Mashg‘ulot orqali nafaqat xodimlarning bilim va malakasi mustahkamlandi, balki favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor xizmatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan hamkorlikni ta’minlash, profilaktika va avariya holatlarini bartaraf etish rejalari sinovdan o‘tkazildi.
Bunday mashg‘ulotlar korxonada xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash, hodimlarning ogohligini oshirish va har bir holatga tayyor turish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
«Farg‘onaazot» AJ Matbuot xizmati