Ру O`z En

14-YANVAR — VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR TASHKIL ETILDI

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan jamiyatimizda “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda korxona rahbariyati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari, Sharqiy harbiy okrug ofitserlari — kapitan Xoldarov Shaxboz, serjant Xakimov Jamshid, shuningdek, bo‘lim va sex rahbarlari hamda ishchi-xodimlar faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning jasorati, mardligi va yuksak mas’uliyati alohida e’tirof etildi. Tinch osmon ostida barqaror hayot kechirayotganimiz yurtimizning mard va jasur o‘g‘lonlari — Vatan himoyachilarining fidoyiligi va matonati samarasi ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Bayram tadbiri badiiy qism bilan boyitilib, Qutqaruv otryadi qutqaruvchisi Axmedov Mirzohidjon tomonidan jonli ijroda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tadbir yakunida Vatan ravnaqi va milliy xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida o‘zining munosib xizmatlari bilan ajralib turgan, zahiradagi harbiy xizmatchilar safidan bo‘lgan hamda bugungi kunda korxonamizda mehnat faoliyatini samarali olib borib, yuqori darajadagi kasbiy faollik, intizom va mas’uliyat namoyon etayotgan bir guruh xodimlar bayram munosabati bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

Mazkur tadbir ishchi-xodimlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, harbiy xizmatga hurmat ruhini oshirish hamda milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

 

“Farg‘onaazot” AJ matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech